Ajoyib yangilik! Maker Faire Tashkent 2024 tez orada!

Sizda namoyish etishga ishtiyoqingiz baland bo‘lgan loyihangiz bormi? Oktyabr oyida “Maker Faire Tashkent”da ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Yangiliklaringizni boshqalar bilan ulashing. Maker Faire Tashkent – bu O‘zbekistondagi makerlar, DIY ishqibozlari va texnologiya muxlislari uchun birinchi yig‘ilishdir.

Biz quyidagi sohalar bo’yicha eksponatlar qidirayapmiz:

*Texnologiya
*Robototexnika
*Elektronika
*Moda san’ati
*To’qimachilik
*Katta san’at
*Ijro san’ati
*Va boshqalar
Makerlar saytimiz orqali ro’yhatdan o’tishi mumkin. Sizlarni festivalda kutib qolamiz! Savollaringiz bo’lsa, biz bilan Tashkent-ACT@state.gov orqali bog’lanishingiz mumkin.

Salom, sarguzasht shinavandalari va texnologiya ishqibozlari! Vaqt va tasavvur orqali unutilmas sayohatga chiqishga tayyormisiz? Shunday ekan, virtual reallik garnituralarini mahkam ushlang, chunki bizda siz uchun ajoyib yangilik bor! 15 va 16-iyun kunlari Humo Arena Muz Saroyida bo’lib o’tadigan Toshkent Comic Com’da bizga qo‘shiling, u yerda “SuperMuseum USA” virtual reallik stendini taqdim etamiz!

Amerika tarixi eng ilg‘or texnologiyalar yordamida jonlantiriladigan dunyoga kirishngiz va AQShning eng mashhur muzeylarida joylashgan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Bundan tashqari ️ bo‘lajak Maker Faire Tashkent festivali haqida eksklyuziv ma’umotlarga, ijodkorlik va innovatsiyalar olami haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz. “Do it yourself” (DIY), robototexnika va boshqa turli xil loyihalar sehrini kashf eting.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz bilan bu festival haqida ulashing va unutilmas taassurotlar uchun bizning stendimizga tashrif buyuring! Biz har biringiz bilan uchrashishni va ajoyib muhitni baham ko‘rishni sabrsizlik bilan kutamiz. Keling, birgalikda unutilmas xotiralar yarataylik! Ko‘rishguncha.

Biz yaqinda Comic Con Tashkent’da ishtirok etdik va festivaldagi ba’zi diqqatga sazovor yorqin lahzalarni baham ko’rishdan mamnunmiz. AQSH elchixonasi stendida eng yangi virtual reallik texnologiyasi, jumladan, SuperMuzey: Amerika Smitson instituti taqdim etildi, u yerda tashrif buyuruvchilar Grand Canyon, Mars yuzasi, Oq Uy, Linkoln yodgorligi va Tabiiy tarix muzeyi kabi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ikki kun ichida 400 dan ortiq ishtirokchilar bizning doimiy va ilg‘or hamkorlik uchun salohiyatni namoyish etuvchi ushbu hayajonli sayohatni amalga oshirdilar. Tashrif buyuruvchilar, kospleerlar va pop-madaniyat ixlosmandlari ham yilning asosiy festivaliga aylanadigan Maker Faire Tashkent festivali haqida tasavvurga ega bo‘lishdi! Meykerlar harakatining bir qismi bo‘lish uchun 2024-yil 12 va 13-oktabr kunlari bizga qo‘shiling. Ro‘yxatdan o‘tish ochiq – meyker bo‘lish va festivalda qiziqarli loyihangizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!